“Real”ning ikki oʻyinchisini 120 million yevroga olamiz!

  • 14.03.2026 13:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” Madriddning “Real” klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga bilan shartnoma imzolashga urinishlarda sezilarli ustunlikka ega bo‘ldi.

Mersisaydliklar fransuz futbolchisini kelasi yozda 50 million yevro evaziga sotib olishlari mumkinligini ma’lum qilishdi.

Bu haqida TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, ingliz klubi madridliklarning markaziy himoyachisi Din Xöysen ga ham qiziqish bildirmoqda.

“Liverpul” o‘tgan yozda “Bornmut”dan “Real Madrid”ga o‘tgan futbolchi uchun 70 million yevro to‘lashga tayyor.

Ta’kidlanishicha, “Qirollik klubi” foydali taklif bo‘lgan taqdirda Xöysenga ham sotib yuborish imkoniyatiga  qiziqish bilan qaramoqda.

Joriy mavsumda Kamavinga barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda ishtirok etdi, ikki gol hamda bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Futbolchining klub bilan amal qilayotgan mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni  tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!