
"Real"ning keyingi o‘yin uchun qaydnomasi e’lon qilindi
31 oktyabr kuni La Liga doirasida "Real" - "Ueska" uchrashuvi o‘tkaziladi. Madriddagi bahs Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.
Ushbu bellashuv uchun "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidan 22 futbolchini qaydnomaga kiritdi. Quyida "Real"ning "Ueska"ga qarshi 22 o‘yinchidan iborat ro‘yxati bilan tanishing:
Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Diego Altube
Himoyachilar: Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Marselo, Ferlan Mendi, Santos
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Isko
Hujumchilar: Eden Azar, Karim Benzema, Marko Asensio, Lukas Vaskes, Luka Yovich, Vinisius Junior, Mariano Dias, Rodrigo
Madridliklar 6 uchrashuvda 13 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinda bormoqda. "Ueska" esa 7 o‘yinda 5 ochko to‘pladi va 18-pog‘onani band etgan.
Fikrlar