“Real”ning maxfiy transferi nomi oshkor bo‘ldi

  • 05.06.2026 07:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” klubi xўjayini Florentino Peres tez orada jamoa 150 million evrolik transferni amalga oshirishini va Krishtianu Ronalduni darajasidagi transfer bo‘lishini ta’kidlagan edi.

Ispaniyadagi manbalar Florentino Peres nomini sir tutayotgan yangi futbolchi kim ekanini topishga kirishib ketdi.

COPE nashrining “Real” haqida yozuvchi jurnalisti Arakhna Rodrigesning xabar berishicha, madridliklar faqat bir futbolchi – “Pari Sen-Jermen hamda” klubi va  Portugaliya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Joau Neves uchun 150 million evro taklif qilishi mumkin.

Yana bir taniqli jurnalist Pepe Alvares ham xuddi shu fikrni bildirgan.

O‘tgan mavsumda Joau Neves barcha musobaqalarda 38 ta o‘yinda qatnashib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 140 million evro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!