Asosiy mazmunga oʻtish

“Real”ning sobiq sardori La Ligadan ish topdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

O‘ziga sharoit juda ma’qul keldi

Madridning “Real” klubi sobiq himoyachisi va sardori Daniel Karvaxal “Xetafe”ga o‘tishga yaqin. AS xabar berishicha, klub rahbariyati Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisini tarkibga qo‘shish istiqbolini juda ijobiy baholamoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, “Xetafe” bir muddat tarkibdagi yetishmovchiliklarni to‘ldirish maqsadida erkin agentlar bozorini o‘rgangan. Biroq so‘nggi soatlarda vaziyatni tubdan o‘zgartirgan imkoniyat paydo bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, Karvaxalning o‘zi ham bu transferga qarshi emas. “Xetafe” varianti uni bir qator sabablarga ko‘ra jalb qilmoqda. Ulardan biri jamoa stadioni va bazasining uyiga yaqinligi.

Futbolchi “Xetafe”da o‘ynagan holda ham Madridda yashashni davom ettirishi mumkin.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q