"Real"ning uch futbolchisi Chempionlar ligasi sovrinlarini qo‘lga kiritdi
"Real Madrid" jamoasi futbolchilari - hujumchilar Kilian Mbappe, Vinisius Junior va yarim himoyachi Jud Bellingem Chempionlar ligasining 2023/24 yilgi mavsumi yakunlari bo‘yicha mukofotlarga sazovor bo‘ldilar.
Frantsiyalik futbolchi PSJ safida o‘ynab, o‘tgan turnirning eng samarali hujumchisi bo‘ldi. Braziliyalik vinger turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan bo‘lsa, angliyalik xavbek eng yaxshi yosh futbolchi sifatida tan olindi.
Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasining yangi 2024/25 mavsumi bugun start oladi.
Fikrlar