
"Real"ning yangi futbolchisi mulozamatlarni boshladi
Orelen Tchuameni Karim Benzemani dunyoning eng yaxshi hujumchisi, deya e’tirof etdi.
"Men Kamavinga va Benzema bilan gaplashish baxtiga muyassar bo‘ldim. Eduardu misolida ilk yildanoq qanchalik muvaffaqiyat qozonish mumkinligini ko‘rdim.
Kelgusi mavsumdan dunyoning eng kuchli hujumchisi bilan to‘p surishga muvaffaq bo‘laman. Muzokaralar yakunlangach, u menga xat yozdi va qandaydir yordam bera olamanmi, deb so‘radi", - dedi Chuameni.
Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" Orelen uchun 80+20 million evrodan voz kechdi.
Fikrlar