"Real"ning yaponiyalik futbolchisi yangi mavsumni "Sevilya"da boshlaydi

  • 25.07.2020 21:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” Madrid klubi yarim himoyachisi Takefusa Kubo yangi mavsumni yana ijarada o‘tkazishi mumkin.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 19 yoshli yaponiyalik futbolchiga “Sevilya”dan qiziqishlar bo‘lmoqda. Andalusiyaliklar ayni damda “qirollik klubi” bilan futbolchining ijarasi borasida muzokaralar o‘tkazmoqda.

Aytish kerakki, “Sevilya” Kuboni faqatgina bir yilga emas, ko‘proq muddatga ijaraga olmoqchi va shartnomaga sotib olish bandini ham kiritmoqchi.

Kuboga shuningdek, “Real Sosedad” va “Milan” klublari ham qiziqmoqda. U joriy mavsumni “Malorka” safida o‘tkazdi va 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!