
Rekordchi yosh futbolchi MYu “yuziga oyoq qo‘ydi”
“Manchester Yunayted” hujumkor futbolchisi Eynjel Gomes o‘zini tarbiyalagan klubni tark etishga qaror qildi.
Gomes olti yoshidan beri MYu tizimida tarbiyalangan. 2017 yili may oyida “Kristal Pelas”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda Ueyn Runining o‘rniga maydonga tushib, debyutini nishonlagan.
Eynjel Gomes “Manchester Yunayted” tarkibida maydonga tushgan yangi asrda tug‘ilgan birinchi futbolchi hisoblanadi. U debyutini o‘tkazgan kuni 16 yoshu 263 kunlik edi.
Fikrlar