Remzi faoliyatida ilk bor xet-trikka erishdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Aaron Remzi kecha bo‘lib o‘tgan “Everton”ga (5:1) qarshi bahsning asosiy qaxramonlaridan biriga aylandi.

Aniqrog‘i, Uels terma jamoasi a’zosi uchrashuvda “kanonirlar”ning 3ta goliga mualliflik qilishga erishdi. E’tiborlisi, ushbu xet-trik 27 yoshli Remzi uchun faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Remzi joriy mavsum premer-ligada jami 18ta bahsda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!