Reshford masalasida yangilik bo‘lishi kutilmoqda

  • 14.01.2022 12:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" tez orada jamoa hujumchisi Markus Reshfordga yangi shartnoma taklif qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli angliyalik futbolchining "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyunida yakuniga etadi.

ESPN xabariga ko‘ra, klub rahbariyati hujumchiga uzoq muddatli shartnoma taklif qilmoqchi, ammo uning shartlari hozircha nomalum.

Joriy mavsumda Reshford “Manchester Yunayted” safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!