
Reshford: "Yamalni o‘tgan mavsumning eng yaxshi o‘yinchilardan deb hisoblayman"
Markus Reshford Lamin Yamal haqida ilk fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Kataloniya grandi kecha angliyalik hujumchining transferini e’lon qilgan edi.
"Men Lamin Yamalni o‘tgan mavsumning eng yaxshi o‘yinchilardan deb hisoblayman. U nihoyatda iste’dodli. Mening nazarimda, o‘tgan mavsum Lamin dunyodagi eng kuchli futbolchilardan biri bo‘ldi, hatto eng zo‘ri bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin. Barcha eng zo‘r futbolchilar bilan birga maydonga tushushni orzu qiladi. Bu jamoada ko‘plab iste’dodli o‘yinchilar mavjud.
Men baxtiyorman va ular bilan o‘ynashga chin dildan intilmoqdaman. Oldimda qiziqarli mavsum kutmoqda”,- dedi angilyalik forvard.
Eslatib o‘tamiz, Reshford Ispaniya klubiga 35 million evroga sotib olish sharti bilan 1 yil ijara asosida jamoada harakat qiladi.
Fikrlar