Reshfordga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda

  • 27.04.2026 15:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona"ga "Manchester Yunayted"dan ijaraga berilgan vinger Markus Reşford "Tottenxem" kuzatuviga tushdi.

Futbolchining kelajagi hozircha noaniq bo‘lib turibdi. U Kataloniyada qolishni istaydi, ammo "Barselona" "Manchester Yunayted" bilan uning to‘liq transferi bo‘yicha kelishuvga erishmagan.

"TEAMtalk" ma'lumotiga ko‘ra, ushbu vaziyatdan "Tottenxem" foydalaniib qolmoqchi. London klubi Premyer-ligada qolish kafolatlansa, tarkibni jiddiy kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

28 yoshli futbolchi "shporlar"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi, biroq uni Londonga ko‘ndirish oson bo‘lmasligi ta'kidlanmoqda.

Transfermarkt bahosiga ko‘ra, Markus Reşfordning bozor qiymati 40 million yevroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!