Reyna bugun "Milan"da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

  • 12 mart, 2018, 16:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Avval xabar berganimizdek “Napoli” klubi darvozaboni Pepe Reyna “Milan”ga ko‘chib o‘tishga juda yaqin turibdi.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 35 yoshli ispaniyalik posbon bugun “rossonerilar” safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Mavsum yakunlangach esa erkin agentga aylanadigan Reyna “Milan” bilan rasmiy shartnoma imzolaydi.

Ma’lumot uchun, Reyna joriy mavsum “Napoli” safida A Seriyaning 27ta bahsida maydonga tushgan va shularning 14tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!