
Riberi "Fiorentina"dan nega ketmoqchi?
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "Fiorentina"ning frantsiyalik futbolchisi Frank Riberi hali ham klubdan yangi shartnoma olmadi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi o‘ziga nisbatan bo‘layotgan bunday muomaladan norozi va shu sababli u “binafsharanglilar” safidan ketmoqchi.
Riberining “Fiorentina” bilan amaldagi shartnomasi shu oy oxirida o‘z nihoyasiga etadi va shundan so‘ng u erkin agentga aylanadi.
Frank Riberi "Fiorentina" safida 2019 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 51 ta o‘yinda ishtirok etdi va 5 ta gol urdi.
Fikrlar