Riberi "Oltin to‘p"ga qaysi futbolchi loyiq ekanligini aytdi
"Bavariya" va Frantsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Frank Riberi "Oltin to‘p" uchun qaysi futbolchining imkoniyatlari yuqori ekanligini aytdi.
Riberi Toshkentga tashrifi chog‘ida jurnalistlarning bir nechta savollariga javob berdi. "Oltin to‘p" sovrini haqidagi savolga ham to‘xtalib o‘tildi.
- "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritilgan mukofotlar, erishilgan yutuqlardan tashqari, sifatli o‘yin ko‘rsatganligini ham inobatga olib berishsa yomon bo‘lmasdi. Bu yilgi mavsumda "Oltin to‘p"ni olishga Usmon Dembele ko‘proq haqli deb o‘ylayman, dedi Chempionlar ligasi g‘olibi.
Ma’lumot uchun, "Oltin to‘p"ning joriy yilgi g‘olibi 22 sentyabr kuni aniqlanadi.
Fikrlar