Riberi yozda "Fiorentina"dan ketishi mumkin

  • 9 mart, 2021, 18:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fiorentina" yarim himoyachisi Frank Riberi mavsum yakunlangach, jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 37 yoshli frantsuz yana Bundesligaga qaytishi kutilmoqda. Italiya OAVning yozishicha, Riberi "binafsharanglilar" ustozi Chezare Prandelli bilan kelisha olmay qolgan va shu sababli, jamoadan ketishga qaror qilgan.

Riberiga Silvio Berluskoniga tegishli "Montsa" klubi ham da’vogarlik qilmoqda.

Frank Riberi "Fiorentina" safida 2019 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi shu yoz o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!