Rio-2016 Olimpiadasi chempioni boksdan chetlatildi

  • 08.03.2018 13:18
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni frantsiyalik Toni Yoka antidoping qoidalarini buzganligini uchun bir yilga diskvalifikatsiya qilindi, deya xabar beradi L'Équipe nashri. Manbada yozilishicha, bokschi taqiqlangan modda iste’mol qilgani uchun emas, balki uchta doping nazoratini o‘tkazib yuborgani uchun jazolangan.

Bundan tashqari milliy antidoping agentligi bu muddatni ikki yilgacha uzaytirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada u 91 kg vaznda ishtirok etib, finalda britaniyalik Jozef Joysni mag‘lub etgan va chempionlikni qo‘lga kiritgan.

2017 yil Yoka Jevid Xey tashkil qilgan Hayemaker Ringstar promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolab, professional boksga yo‘l olgan edi. Frantsiyalik bokschi uchta jang o‘tkazib, barchasini g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!