Rio Ferdinand APLda kim chempion bo‘lishini aytdi
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Angliya Premier-ligasi chempionlik poygasi haqida gapirdi. "Qizil iblislar" afsonasining so‘zlariga ko‘ra, "Arsenal" bu safar chempionlikni qo‘lga kiritadi.
"Menimcha, "Arsenal" har qanday yo‘l bilan, har qanqasiga ham chempionlikni qo‘lga kiritadi. Ular sovrinni qo‘lga kiritib, o‘ziga ishonchni orttirib olsa, boshqacha jamoaga aylanadi va keyingi mavsumda ularga qarshi o‘ynash yanada qiyinlashadi. Men "Arsenal"ning bu yondashuvini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Jamoani ulkan hurmatga loyiq deb hisoblayman", dedi Ferdinand Rio Ferdinand podkastda.
Eslatib o‘tamiz, "to‘pchilar" 29 o‘yindan so‘ng 64 ochko bilan jadvalda yetakchilik qilmoqda.
Fikrlar