Rio Ferdinand: "Menimcha, Orelen u erda ortiqcha"
Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand “qizil iblislar” qaysi futbolchi bilan shartnoma imzolashi kerakligini aytdi. Uning tanlovi Frantsiya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Orelen Chuameniga tushdi.
"Real Madrid"da u kuchli o‘yinchi bo‘lishi dargumon. Menimcha, Orelen u erda ortiqcha. Ammo u "Manchester Yunayted" uchun katta kuch bo‘lardi", dedi Ferdinand o‘zining podkastida.
Avvalroq matbuotda Chuameniga "Liverpul" qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
23 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsumda "qaymoqranglilar" safida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar