
Rio Ferdinand: "Ularning o‘rnida bo‘lganimda, ushbu futbolchilarni sotib olardim"
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Rio Ferdinand "Nyukasl" Rahim Sterling, Deklan Rays hamda Jessi Lingard kabi futbolchilarni sotib olishi kerakligini ma’lum qildi. Bu haqda "Championat.com" nashri xabar berdi.
- "Nyukasl" uchun bir nechta ajoyib variantlar aytaman. Klub o‘rnida bo‘lganimda, Sterlingga diqqat qaratgan bo‘lardim. Jamoasi uni muntazam o‘ynatmayapti. Bundan tashqari, Jessi Lingard variantini ko‘rib chiqqan bo‘lardim. Mbappeni sotib olish — fantastika. Shuning uchun, "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Manchester Siti" kabi klublar asosiy tarkibidan joy ololmayotgan futbolchilarga e’tibor qaratish kerak, — dedi 42 yoshli angliyalik sobiq futbolchi.
Avvalroq, 7-oktyabr kuni Saudiya Arabistoni investorlik fondi hisoblangan Public Investment Fund "qarg‘alar"ni 300 million funt evaziga sotib olgani haqida xabar berilgandi.
Yangi grandga aylanish arafasidagi jamoa qishgi transferlar oynasida bir qator yulduz futbolchilarni sotib olishi kutilmoqda.
Fikrlar