
Risharlisonning agenti Klopp bilan uchrashdi
“Everton” klubi hujumchisi Risharlison mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
UOL Esporte nashri tarqatgan xabarga ko‘ra braziliyalik futbolchining agenti Renato Velasko “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp bilan uchrashgan. Ta’kidlash kerakki, “irischilar” ushbu futbolchini 70 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli Risharlison joriy mavsum “Everton” safida jami 31ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar