
Robben "Bavariya" safidagi yubiley o‘yinini o‘tkazmoqda
Bu 34 yoshli Robenning myunxenliklar safidagi 300-o‘yini bo‘ldi. Bu mavsum Robben "Bavariya" safida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol kiritishga erishdi.
2009 yildan buyon Myunxen klubida to‘p surib kelayotgan gollandiyalik futbolchi jamoa safida etti marta Bundesligada g‘olib chiqqan. To‘rt marta Germaniya kubogida zafar quchgan va bir martadan EChL, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi JChda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar