
Roberto Bautista-Agut yarim finalda o‘ynaydi
Ispaniyalik tennischi Roberto Bautista-Agut Myunxen shahrida o‘tkazilayotgan musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘l oldi.
Roberto turnirning chorak finalida argentinalik Gvido Pelyani uch setda, - 4:6, 6:4, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa "BMW Open"ning final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda Bautista-Agut, germaniyalik Filipp Kolshrayber, yoki italiyalik Matteo Berrettiniga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar