
Roberto Karlos mini-futbolda faoliyatini boshladi
Braziliya terma jamoasi afsonalaridan biri Roberto Karlos mini-futbolda faoliyatini boshladi.
Globoesporte nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 45 yoshli sobiq futbolchi Yaponiya klubi safida to‘p surmoqda. U yangi jamoasidagi debyut o‘yinidayoq 2ta gol urishga erishdi va ushbu gollar yakunda uning jamoasiga g‘alaba keltirdi.
E’tiborlisi, shu kuni Roberto Karlosning o‘yinini tomosha qilish uchun o‘yingohga 3015ta tomoshabin tashrif buyurdi. Odatda ushbu jamoa o‘yinlariga 1500dan ortiq ishqiboz tashrif buyurmas edi.
Fikrlar