Robertson "Tottenxem"ga o'tmaydi

  • 26.01.2026 03:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul"ning chap qanot himoyachisi Endryu Robertsonning "Tottenxem"ga o‘tishi ehtimolsiz bo‘lib qoldi. Jurnalist Pol Joysning xabar berishicha, "qizillar" shotlandiyalik futbolchi uchun "shporlar"ning taklifini rad etdi.

Klublar muzokaralar o‘tkazgan bo‘lsa-da, kelishuvga erishilmadi. Ma’lum bo‘lishicha, "Tottenxem" 31 yoshli futbolchi uchun taxminan 5 million funt sterling to‘lashga tayyor edi.

Hozirgi shartnoma Endryu Robertson bilan "Liverpul" o‘rtasida shu yil iyun oyi oxirida tugaydi. Joriy mavsumda futbolchi Arne Slot qo‘l ostidagi jamoada barcha musobaqalarda 22 ta o‘yin o‘tkazdi, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!