
Robertson:"Labimga to‘rt-beshta chok tushgan"
Kanadalik aralash yakkakurash jangchisi Jillian Robertson Mishel Uoterson ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng sog‘ligi va minimal vazndagi ambitsiyalari haqida gapirdi.
"Garchi xozirda labimga to‘rt-beshta chok tushgan bo‘lsa-da, jismoniy jihatdan o‘zimni yaxshi his qilyapman. Xar jangda mening yaxshilanib borganimni ko‘ryapsiz. Men har kuni rivojlanib boryapman. Tez orada ayollar o‘rtasidagi minimal vaznda chempion bo‘laman”, – dedi Robertson.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 303" turnirida Robertson(14-8) hakamlarning yakdil qarori bilan Uoterson(18-13)ni mag‘lub etdi.
Fikrlar