Asosiy mazmunga oʻtish

Robino Jeparovning sobiq jamoasiga kelishi mumkin

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Uning keyingi manzili Osiyomi?

Braziliyalik mashhur hujumchi Robino faoliyatini Eronda davom ettirishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 36 yoshli futbolchining xizmatlariga “Istiqlol” klubi jiddiy qizqish bildira boshlagan.

Ma’lumot uchun, Robinoning so‘nggi jamoasi Turkiyaning “Istanbul” klubi bo‘lgan. U so‘nggi mavsumda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, Robino faoliyati davomida "Real", "Manchester Siti" va "Milan" kabi grand klublarda o‘ynagan. Braziliya terma jamoasi safida esa 100 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 26 ta gol urgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q