Rodri Karvaxal va Yamal haqida nimalar dedi?
Kecha "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan Rodri Dani Karvaxal va Lamin Yamalni tilga oldi.
"Manchester Siti" yarim himoyachisi 2024 yilgi "Oltin to‘p" sohibi bo‘ldi. Futbolchi "Real Madrid" himoyachisi Karvaxal to‘rtinchi, "Barselona" vingeri Yamal sakkizinchi o‘rinni egalladi hamda "Eng yaxshi yosh futbolchi" sovrinini qo‘lga kiritdi.
- Men xuddi men kabi jarohatda bo‘lgan Karvaxalni eslab o‘tmoqchiman. U ham bu o‘rinda bo‘lishga loyiq.
Shuningdek, tez orada bu sovrin uchun asosiy nomzod bo‘lib borayotgan Laminni ham bugungi mukofot bilan tabriklayman, - dedi Rodri.
Ma’lumot uchun, ispaniyalik yarim himoyachi kecha "France Football" tomonidan "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar