Rodrigo “realchilar”ga yoqmaydigan gapni aytib qo‘ydi

  • 12.10.2025 17:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionligi uchun kurash odatdagidek, “Real” va “Barselona” o‘rtasida kechishi aniq. Yangi mavsumning birinchi “el-klasiko”si 26 oktyabr kuni bo‘ladi.

La Liganing 10-turidan o‘rin olgan ushbu uchrashuvga madridliklar mezbonlik qiladi.

Jurnalistlar “Real” hujumchisi Rodrigo Goesdan jamoa “Barselona”dan o‘tgan yilgi to‘rtta mag‘lubiyat uchun revansh olishga munosabati haqida so‘radi.

- O‘tgan mavsumni unutgan ma’qul. O‘zimiz ham yuqori darajada o‘ynamaganimizni juda yaxshi bilamiz. Ayniqsa, boy berilgan to‘rtta “el-klasiko”da. Bizga ularga qarshi o‘ynash noqulay bo‘lgan.

Tan olish kerak, hozir “Barselona” yaxshi o‘ynayapti, ular bizdan kuchliroq va o‘ziga ishonchi yuqori bo‘lgan jamoaga aylangan.

Bizning jamoa ham zo‘r. Bo‘lajak “el-klasiko” juda og‘ir o‘tadi, lekin “Bernabeu”da o‘z muxlislarimiz ko‘z o‘ngida g‘alaba qozonib, nimalarga qodirligimizni isbotlashimiz shart. Hech narsaga qaramasdan, bo‘lajak to‘qnashuvga puxta tayyorlanishimiz lozim. Chunki uyda o‘ynaymiz, - ded Rodrigo Goes.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!