Rodrigo Varanning xatolari haqida nima dedi?

"Real" yarim himoyachisi Rodrigo Goes Evropa Chempionlar ligasining nimchorak finalidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi bahsdan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Afsus, ammo biz oxirigacha kurashdik. Qiyin bo‘ldi, chunki raqibimiz kuchli edi. Ular o‘z uylarida juda kuchli!

Varanmi? Bunday holat har bir futbolchida sodir bo‘ladi. Alamli, ammo u buyuk futbolchi va o‘ylashimcha, bu uning "Real" tarixidan o‘chib ketishiga sabab bo‘lmaydi.

O‘ylashimcha, biz o‘yin davomida ko‘proq narsani amalga oshirishimiz mumkin edi. Shunaqasi ham bo‘lib turadi. Raqibimiz ham keyingi bosqichga chiqishga haqli edi," - dedi Rodrigo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!