Rodrigodan yuz oʻgirishdi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigoni transfer qilish istagida bo‘lgan klublar orasida “Tottenxem” ham bor edi.
Jurnalist Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, braziliyalik futbolchi yozgi transfer oynasi uchun “shporlar”ning asosiy transfer maqsadi bo‘lgan.
London klubi allaqachon futbolchining agentlari bilan muzokaralarni boshlagan. Biroq Rodrigoning og‘ir jarohat olgani London klubi rejalarini o‘zgartirib yubordi.
Jarohat og‘irligini inobatga olgan “Tottenxem” Rodrigoni jamoaga qo‘shib olish variantdan voz kechdi.
Ma’lum qilinishicha, 10 mart kuni Rodrigo tizzadan operatsiya qilingan. Bu jarohat tufayli braziliyalik futbolchi yozda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatini ham o‘tkazib yuborishi mumkin.
Kutilishicha, u maydonga sentabr oyi o‘rtalarida qaytishi mumkin.
Fikrlar