"Roland Garros". Ayol tennischilar o‘z darajasida start oldi

  • 29.09.2020 03:44
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis

"Roland Garros" turnirining ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarida ham kuchlilar nomi tobora aniqlashib bormoqda. Asosiy bahslarning ilk kunida asosan kutilgan natijalar qayd etildi.

Chexiyalik Petra Kvitova frantsuz tennischisi Osean Dodanni 6:3, 7:5 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, niderlandiyalik Kiki Bertens Ukrainadan tashrif buyurgan Katarina Zavatskaya ustidan 2:6, 6:2, 6:0 hisobida zafar quchdi.

Shuningdek, amerikaliklar qarama-qarshiligida Kristi An bilan bahs olib borgan Serena Uilyams 7:6, 6:0 natija bilan keyingi bosqich chiptalarini o‘ziniki qildi. Serena kabi birinchi setni qiyinchilik bilan o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan Elina Svitolina rossiyalik raqibasi Varvara Grachyovani ikki set yakuniga ko‘ra, 7:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

G‘oliblik uchun asosiy da’vogarlardan yuqoridagi tennischilar turnirda o‘z yurishlarini muvaffaqiyatli boshlab oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!