
"Roma" Allegri bilan muzokaralar o‘tkazyaptimi?
“Roma” klubi sport direktori Tyagu Pintu jamoa taniqli mutaxassis Massimiliano Allegri bilan muzokaralar olib borayotgani haqida tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.
“Boshqa murabbiylar bilan uchrashuvlarim haqidagi mish-mishlarni inkor qilaman. Bularning barchasi yolg‘on. Biz Paulo Fonsekadan va uning ishidan mamnunmiz, men u bilan juda yaxshi munosabatdaman. Pauloni bu mish-mishlar chalg‘itmaydi, u bor e’tiborini faqat keyingi o‘yinga qaratadi”, - dedi Pintu.
“Roma” ortda qolgan 20 turdan so‘ng 40 ochko jamg‘argan holda A Seriya musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar