"Roma" "Arsenal" bilan kelisha olmadi

  • 16 iyun, 2021, 12:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
CHERY AUTO

"Roma" shveytsariyalik yarim himoyachi Granit Jakaning transferi borasida "Arsenal" klubi bilan kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaning xabariga ko‘ra, Italiya klubi "kanonirlar"ga futbolchining transferi uchun 15 million evro taklif qilgan. Biroq, “kanonirlar” buni rad etishgan. "Arsenal" rahbariyati Jakaning sotilishidan ancha katta mablag‘ ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Granitning londonliklar bilan tuzgan amaldagi mehnat shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar imzolangan.

Jaka o‘tgan mavsum premer-ligada 31 uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga bitta gol va ikkita golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Ayni paytda yarim himoyachi Shveytsariya terma jamoasi safida “Evro-2020”da ishtirok etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!