“Roma” bir futbolchini olib, ikkitasini bermoqchi
“Roma”da tarbiyalangan Davide Frattezi “Sassuolo”da juda sermazmun o‘yin namoyish etmoqda. Iste’dodli futbolchini rimliklar yana ortga qaytarmoqchi bo‘lyapti.
“Sassuolo” asosiy yulduzlaridan biri bilan xayrlashishga shoshilmayapti va bu savdodan mo‘may daromad ishlab olmoqchi.
Frattezining o‘zi “Roma”ga qaytishga qarshi emas.
Il Tempo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Roma” sport direktori Tyagu Pinto Frattezi transferi bo‘yicha “Sassuolo” bilan muzokaraga tayyorlanyapti. Rimliklar shartnomaga 20 yoshli himoyachi Edoardo Bove va 18 yoshli hujumkor futbolchi Kristian Volpatoni qo‘shmoqchi.
“Sassuolo” rahbariyati bu shartga ko‘ndirish qiyin bo‘lishi aytilmoqda. Chunki bu klub rahbariyati transfer uchun faqat pul bilan hisob-kitob qilinish talabini ilgari suryapti.

Fikrlar