“Roma” chempion bo‘lishini aytishmoqda

  • 27.09.2022 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Taniqli italiyalik murabbiy Klaudio Raneri “Roma” joriy mavsumda chempionlik uchun kurashishini taxmin qilmoqda.

- Hozir skudettoni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan jamoani ajratib ko‘rsatish qiyin, hali oldinda juda ko‘p uchrashuvlar bor.

Bu mavsum Qatarda jahon chempionati o‘tkazilishi munosabati bilan o‘ziga xos hisoblanadi. Chunki mudial vaqtida milliy chempionatlarda tanaffus  yuzaga keladi.   

“Milan” va “Napoli” chempionatda juda zo‘r boshladi. “Atalanta” tarkibdagi sezilarli o‘zgarishlarga qaramay, musobaqa jadvalining yuqorisidan joy olgan. Bu jamoa hayratga solishga qodir.

“Inter” va Yuventus” kutilganidek start olmagan bo‘lsa-da, ularni hisobdan chiqarmaslik kerak. Ular hali kurashga qo‘shiladi.

Bu klublardan tashqari Joze Mourinoning “Roma”si bor. Bunaqa jamoa har doim oxirigacha kurashadi. Bu jamoalarning bari oxirigi turgacha chempionlik uchun o‘zaro raqobatlashishiga aminman, - dedi Klaudio Raneri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!