“Roma” chempion bo‘lolmaydi!
“Roma”ning sobiq hujumchisi Antonio Kassano rimliklar yozda tarkibini sezilarli darajada kuchaytirganiga qaramay, jamoaning A Seriyadagi imkoniyatlarini ancha kamtar baholamoqda.
- Hozir hamma “Roma” Joze Mourino qo‘l ostida Skudettoga ega chiqishi haqida gapirmoqda. Men fikr bildirganda voqealardan ilgarilab ketmaslikka harakat qilaman. Menimcha, yangi mavsumda rimliklarga hatto A Seriyaning kuchli to‘rtligiga kirish ancha qiyin bo‘ladi.
Ha, “Roma”ning safida bir necha zo‘r ijrochilar bor, lekin raqobatchilar va raqiblarning salohiyatini inobatga olsak, bu oddiy narsaga aylanadi.
Rimda minimal vazifalar bajarilsa, hamma hayratga tushadigan bo‘lib qoldi. Shunga qaramay, “Roma” kuchli to‘rtlik uchun kurashadi, - dedi Antonio Kassano.

Fikrlar