"Roma" futbolchisi bilan yangi shartnoma imzolashga ishonadi
"Roma" angliyalik himoyachi Kris Smolling bilan yangi shartnoma imzolanishiga ishonmoqda. Bu haqda Rim klubi sport direktori Tiago Pinto ma’lum qildi.
"Biz Kris bilan yangi shartnoma shartlari bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz. Bu futbolchi biz uchun juda muhim. Smolling "Roma"da o‘ynashni davom ettirmoqchi, shuning uchun biz yangi shartnomaga deyarli aminmiz", - deya xabar beradi "Football-Italia".
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli himoyachi rimliklar safida 2020 yildan buyon o‘ynab keladi. Joriy mavsum tajribali futbolchi 23 uchrashuvda ishtirok etib, uchta gol urdi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2023 yilning o‘rtalarigacha hisoblab chiqilgan.
Fikrlar