
"Roma" futbolchisi faoliyatini Xitoyda davom ettiradigan bo‘ldi
"Roma" klubi vingeri Stefan El-Shaaravi faoliyatini Xitoyda davom ettiradi. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra rimliklar 26 yoshli futbolchini 18 mln evro evaziga "Shanxay Shenxua" klubiga sotishga rozi bo‘lishgan. Italiyalik futbolchi tez orada xitoy klubi safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Ma’lumot uchun, El-Shaaravi o‘tgan mavsum A Seriyada 28ta o‘yinda maydonga tushdi va 11ta gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar