
"Roma" futbolchisini Londonda kutishmoqda
"Roma"ning hujumkor yarim himoyachisi Nikolo Dzanolo davralar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Insayder Janluka di Marsioning xabar berishicha, tomonlar yangi shartnoma borasida kelisha olishmayapti va shu sababli endi klub rahbariyati 23 yoshli italiyalik futbolchini sotuvga qo‘yishga tayyor. Dzanoloning agenti esa allaqachon mijozi uchun variantlar izlamoqda.
Italiya terma jamoasi a’zosiga asosiy da’vogar "Tottenxem" bo‘lib turibdi. “Shporlar” ushbu futbolchsiga yozdan beri qiziqish bildirmoqda. Londonliklar hozirda Dzanoloni keyinchalik sotib olish majburiyati bilan ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Ta’kidlash kerakki, "Tottenxem" bu borada hamshahari "Vest Xem" va Dortmundning "Borussiya"si bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
O‘z navbatida "Roma" Nikolo Dzanoloning transferidan 35-40 million evro ishlab olmoqchi.
Fikrlar