“Roma” futbolchisining “Real” e’tiboridan “boshi osmonga etdi”

  • 17.11.2024 13:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Roma”ning yangi futbolchisi Mario Ermoso o‘ziga “Real” qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

- Ha, men bu xabarlarni ko‘rdim. Meni “Real”dek buyuk klub bilan bog‘lashayotgani g‘urur bag‘ishlaydi.

Men “Real” akademiyasida tarbiyalanganman. Shuning uchu ular mening rivojimga qo‘shgan hissasidan juda ham minnatdorman, - dedi Mario Ermoso.

29 yoshli Ermoso “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq asosiy tarkibga kira olmagan. Ispaniyada “Real Valyadolid”, “Espanol” va “Atletiko Madrid” klublarida o‘ynagan.

Tajribali himoyachi yangi mavsumda “Roma” tarkibiga qo‘shildi va rimliklar bilan 2027 yilning yarmiga shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!