“Roma” hujumchisi Abraxamning bir muammosi bor!

  • 12 sentabr, 2021, 14:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi”ning sobiq futbolchisi Pet Nevin jamoani tark etib, “Roma” safiga o‘tgan Temmi Abraxamni mashhur hujumchilar – Romelu Lukaku va Dide Drogba bilan taqqosladi.

Tecno

- Men mavsumoldi yig‘inlarida Temmi Abraxamni kuzatdim va uch mavsum davomida kutganim bo‘ldi. Uning tanasi va jismoniy ko‘rsatkichlari kuchaydi. Romelu Lukaku “Chelsi”ga birinchi kelganida odamlarni uni eslab qolgan edi. Bu erda ko‘p o‘ynamadi. Lekin zo‘r hujumchi bo‘lib etishdi. Qaysi jamoaga borsa, e’tibor qozona oldi. Hali hamma Temmini ham shunday eslaydi.

Dide Drogba uzoq vaqt davomida cho‘qqiga chiqa olmagan. Menimcha, Abraxamda ham shunday bo‘ladi. Men uning ketganini xato hisoblamayman, lekin “Chelsi”da yana to‘rt yil qolganida ajoyib hujumchiga aylangan bo‘lardi.  

Eng katta muammo shundaki, Temmi zaxirada o‘tirishni qabul qila olmaydi va klubdan ketishi birinchi navbatda o‘zi uchun bo‘ldi. Agar “Chelsi” uni o‘z an’anasiga sodiq qolib, bir muddat ijaraga jo‘natganda edi, vaziyat ideal tarzda echim topardi va u bir necha mavsumdan keyin tajribali futboli sifatida safga qo‘shilardi.

Lekin men bir kuni Abraxam “Chelsi”ga qaytib, jamoaning hujum chizig‘ida etakchilik qilishiga ishonaman, - dedi sobiq futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
12/09/2021 23:19
Қораой захрада ўтиришни ҳоҳламас эканда...