“Roma” hujumchisi bir juft taklif oldi

  • 10.06.2022 18:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Roma” hujumchilaridan Stefan El-Shaaravi yozgi transferlar vaqtida klubni tark etishi mumkin.

29 yoshli futbolchi har doim ham asosiy tarkibga kiritilmayapti va shu bois, ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish ilinjida boshqa takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Chunki, “roma” murabbiylar shtabi unga o‘yin amaliyoti berilishini kafolatlagani yo‘q.

Calciomercato.com sayti ayni paytda Stefanni “Atalanta” va “Montsa” o‘z tarkibiga chorlayotgani haqida yozdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yil yozda tugashini inobatga olib, El-Shaaravi transferini 10 million evrogacha mablag‘ evaziga hal qilish mumkin.

Stefanning o‘zi “Atalanta”ga o‘tishga moyil bo‘lib turibdi va buning uchun hozir Rim klubidan olayotgan 3,5 million evrolik maoshini pasayishiga ham rozi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!