
“Roma” hujumchisi ishonchni oqlamadi
“Roma” sport direktori Tyagu Pinto yaqinlashib kelayotgan qishki va yozgi transfer oynalari davomida bosh murabbiy Joze Mourinoga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilarni sotib yuborish ustida ish olib bormoqda.
O‘tgan yoz poytaxt klubi asosiy tarkibga kira olmagan bir necha futbolchini ijaraga jo‘natgan edi. “Sampdoriya”ga yuborilgan ispaniyalik yarim himoyachi Gonsalo Vilyar o‘z o‘yini bilan AQSh jamoalari e’tiboriga tushdi.
Yana bir ispan futbolchisi – Karles Peres biroz qiyin vaziyatda. Yozga “Selta” safiga qo‘shilgan hujumchi bu jamoada ham o‘zini ko‘rsata olmadi. Ispaniya chempionatida 14 marta maydonga tushib, atigi ikkita assist muallifi bo‘ldi, birorta gol urolmadi. Bu holat vigoliklarni qoniqtirmadi.
Peresning ko‘rsatkichlari Tyagu Pintoga bu futbolchini boshqa jamoalarga sotib yuborish imkonini bermayapti.
Fikrlar