“Roma” hujumchisi Ispaniyaga ketdi

  • 09.08.2022 14:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionati vakili “Selta” rasmiy saytida “Roma” hujumchisi Karles Peresni transfer qilganini bildirdi. Kelishuv bir mavsum davom etadi.

Kelasi yoz vigoliklar 24 yoshli hujumchini 10-12 million evro evaziga to‘liq transfer qilish huquqini ham qo‘lga kiritgan.

Karles Peres aslida “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq, Kataloniya klubi asosiy tarkibiga kira olmagani uchun 13 million evro evaziga Rim jamoasiga transfer qilingan.

Joze Mourino bu o‘yinchiga ham etarlicha imkon bermadi va joriy transferlar vaqtida u o‘ziga yangi jamoa topishi kerakligini uqtirdi.

Peres klublar miqyosida jami 167 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 33 ta gol va 21 ta assist rasmiylashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!