Asosiy mazmunga oʻtish

"Roma" hujumchisi Rossiya klubining taklifini o‘ylab o‘tirmay rad etdi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Futbolchi 3 yillik shartnomadan bosh tortdi

"Roma" hujumchisi Temmi Abraxam Sankt-Peterburgning "Zenit" klubiga o‘tishdan bosh tortdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Avvalroq, "Zenit" Abraxam uchun 20 million evro taklif qilgani, futbolchiga esa 3 yillik shartnoma doirasida yiliga 5 million evro maosh taklif etilgani ma’lum bo‘lgan edi. Ammo angliyalik futbolchi ushbu taklifni rad etdi. U faoliyatini Evropa top-5 chempionatlaridan birida davom ettirmoqchi.

27 yoshli Forvard o‘tgan mavsumni "Milan"da ijara asosida o‘tkazib, A Seriyada 28 o‘yinda 3 gol urdi.

Rimliklar Temmidan tashqari, hamyurtimiz va milliy terma jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodovni hamda Artyom Dovbikni qo‘yib yuborish haqida jiddiy o‘ylamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q