“Roma” hujumchisiga 50 million evro beramiz

  • 8 dekabr, 2022, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Roma” hujumchisi Temmi Abraxam faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Joriy mavsum rimliklar safida o‘zini ko‘rsata olmayotgan futbolchiga “Aston Villa” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Sport Witness nashrining ma’lum qilishicha, “Aston Villa” 25 yoshli hujumchi transferi uchun rimliklarga 50 million evro to‘lashga tayyor. “Roma” o‘tgan yili yozda Abraxam uchun “Chelsi”ga 40 million evro to‘lagan edi.

Avvalroq, Temmi Abraxamning o‘zi ham Angliyaga aytishga moyilligi haqida xabarlar chiqqandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Hamidullo Abdualiyev
09/12/2022 13:16
Сизлар сайтга қўйишдан олдин бир тахрирлатиб қўйинглар! Хато сўзлар кўпайиб кетяпти.