“Roma” ikkinchi o‘yinchi bo‘yicha bir qarorga keldi

  • 2 iyul, 2022, 18:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Roma” rahbariyati jamoa etakchilaridan ikki nafari – Janluka Manchini va Brayan Kristantega yangi shartnoma beradigan bo‘ldi.

Klub sport direktori Tyagu Pinto har ikki o‘yinchi manfaatlarini himoya qilayotgan agent Juzeppe Riso bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Hozircha tomonlar Manchini bitimi bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, mohir himoyachi 2026 yoilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega bo‘ladi va yillik maoshi 3 million evroga ko‘tariladi.

Endi Tyagu Pinto Juzeppe Riso bilan navbatdagi uchrashuvda Brayan Kristante masalasini hal qilishi talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!