“Roma” jarima to‘laydi

  • 9 yanvar, 2022, 10:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya Sport sudi “Roma” klubini “Milan”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda rimlik muxlislar raqib futbolchisi Zlatan Ibrohimovichga nisbatan irqchilik qilgani uchun jarimaga tortish haqida qaror chiqardi.

Tecno

Endi “Roma” 15 ming miqdorida jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi.  

Bundan tashqari, Rimdan kelgan ashaddiy fanatlar tribunaning pastki qismida o‘tirgan milanlik muxlislar ustiga fayerlar uloqtirilgani ham qayd etilgan. Buning uchun “Roma” qo‘shimch tarzda yana 10 ming evro jarimaga tortildi.

Shularni hisobga olgan holda “Milan”dagi uchrashuv “Roma”ga har tomonlama ziyon keltirdi: bellashuv boy berildi, ikki futbolchi qizil kartochka oldi, klub yo‘q joydan jarima to‘laydigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!