
"Roma" jiddiy yo‘qotishga uchradi
“Roma” himoyachisi Kris Smolling jarohat oldi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 31 yoshli angliyalik futbolchi A Seriyaning 7-turidan o‘rin olgan “Empoli”ga qarshi o‘yinda sonidan jarohat olgan. Shifokorlarning so‘zlariga qaraganda, Smollingning safga qaytishi uchun kamida 3 hafta talab etiladi.
Shu tariqa u chempionatning “Yuventus” va “Napoli”ga qarshi bo‘ladigan markaziy bahslarini o‘tkazib yuboradi. Bundan tashqari, UEFA Konferentsiyalik ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan “Bude-Glimt” klubiga qarshi o‘yinda ham qatnashmaydi.
Kris Smolling joriy mavsum A Seriyada 4 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar